Bepul Roʻyxatdan oʻtmasdan
Oʻzbekistondagi barcha zaryadlash stansiyalari bitta xaritada
Yaqin stansiyani toping, narxi va chegirmalarini oldindan biling, uzoq yoʻlni bemalol rejalashtiring. Qaysi quvvatlagich ishlayotganini boshqa haydovchilar aytadi, zaryad esa bir bosishda operator ilovasida.
Telegramda hozir hamma uchun ochiq. Android ilovasi yopiq sinovda.
Xarita maʼlumotlari: © OpenStreetMap hissadorlari, © OpenMapTiles
Raqamlarda
- 777
zaryadlash stansiyasi xaritada*
- 13
operator bitta ilovada*
- 0 soʻm
ilova bepul, roʻyxatdan oʻtish shart emas
- 2 soat
ichidagi haydovchi belgilari xaritada hisobga olinadi
* 2026-yil 1-noyabr holatiga.
Qanday ishlaydi
Uch qadam: xarita, stansiya, zaryad
-
Xaritani oching
Telegramda bir bosishda. Hisob, telefon raqami yoki karta soʻralmaydi.
-
Stansiyani tanlang
Quvvat, ulagich turi, narx va boshqa haydovchilarning soʻnggi belgilari bitta kartochkada.
-
Operator ilovasida zaryadlang
«Ilovani ochish» tugmasi sizni toʻgʻri operatorga olib boradi. Toʻlov va balans oʻsha yerda.
Narx va chegirmalar
Narxni yoʻlga chiqmasdan biling
Har bir stansiyada kVt·soat narxi koʻrinadi. Chegirma boʻlsa, oddiy narx yonida va qachongacha amal qilishi bilan.
- Chegirmalar koʻzga tashlanadi. Xaritadagi belgi va «Chegirmali» filtri bilan ularni bir qarashda topasiz.
- Tungi narxlar. Operator arzonroq soatlar eʼlon qilgan boʻlsa, vaqti bilan koʻrsatiladi.
- Arzonini tanlang. «Zaryadim kam» roʻyxatini bir bosishda «Arzon» boʻyicha saralang.
- Aniq maʼlumot. Narx operator eʼlonidan, sanasi bilan. Eʼlon qilinmagan boʻlsa, «Narxi nomaʼlum» deb ochiq yozamiz.
Xarita maʼlumotlari: © OpenStreetMap hissadorlari
Jonli holat
Stansiya ishlayaptimi? Haydovchilar aytadi
Yoʻlga chiqishdan oldin biling: quvvatlagich ishlayaptimi, navbat bormi, joy boʻshmi. Buni yaqinda u yerda boʻlgan haydovchilar belgilaydi.
- Ishlayapti
- Ishlamayapti / tok yoʻq
- Navbat
- Benzinli mashina turibdi
- Joyi notoʻgʻri
- Narx notoʻgʻri
- Yangi belgilar oldinda. Qancha oldin qoʻyilgani koʻrinadi. Xaritada belgi 2 soat hisobga olinadi, stansiya kartasida esa eng soʻnggi belgi 30 kungacha vaqti bilan turadi.
- Bir bosishda. Android ilovasida stansiyani oching va koʻrganingizni belgilang, roʻyxatdan oʻtmasdan. Belgilar Telegramda ham koʻrinadi.
Xarita maʼlumotlari: © OpenStreetMap hissadorlari
Safar rejasi
Samarqandga ham, zaryad kam qolganda ham
Manzil va hozirgi zaryadni kiriting: ilova yoʻl ustidagi toʻxtashni, qancha zaryadlashni va yetib borgandagi zaryadni koʻrsatadi.
- Yoʻl boʻyicha masofa, toʻgʻri chiziq emas: qancha yurishingiz va qayerda zaryad tugashi.
- «Zaryadim kam»: foizni kiriting, hozirgi zaryad bilan yetib boradigan stansiyalarni koʻrasiz.
- Mashinangizni qoʻshing, hisob batareya va sarfga qarab aniqroq boʻladi.
- Navigatorga bir bosishda: Google Maps yoki Yandex Navigator.
Zaryadlash
Bir bosishda operator ilovasiga
Stansiyani tanladingizmi? Tugmani bosing: kerakli operatorning ilovasi ochiladi. Qaysi ilova kerakligini eslab qolish shart emas.
-
Stansiyani tanlang
Narx, quvvat, ulagich va soʻnggi belgilarga qarab mosini tanlaysiz.
-
Ilovani oching
Ilova telefoningizda boʻlmasa, tugma uning doʻkondagi sahifasini ochadi.
-
Zaryadlang
Zaryadlash va toʻlov operator ilovasida, odatdagidek.
Ilovani qayerda ochaman?
Hozir Telegramda: «Telegramda ochish» tugmasini bosing. Android ilovasi yopiq sinovda, Google Playʼga chiqqanda shu sahifada havola paydo boʻladi.
Ilova pullikmi?
Yoʻq, bepul. Roʻyxatdan oʻtish, telefon raqami yoki karta kerak emas: ochasiz va foydalanasiz.
Qanday zaryadlayman?
Stansiyani bosing, keyin operator ilovasini ochish tugmasini. Zaryadlash va toʻlov operatorning oʻz ilovasida boʻladi. Ilova telefoningizda boʻlmasa, tugma uning doʻkondagi sahifasini ochadi.
Chegirmali stansiyalarni qanday topaman?
Chegirmali stansiyalar xaritada alohida belgi bilan koʻrinadi. Filtrlarda «Chegirmali»ni yoqsangiz, faqat ular qoladi. Stansiya kartochkasida chegirmali narx, oddiy narx va chegirma muddati yoziladi.
Nega stansiyada «Narxi nomaʼlum» deb yozilgan?
Bu stansiya uchun operator narx eʼlon qilmagan. Zaryadlashdan oldin narxni operator ilovasida koʻring. Narx eʼlon qilinishi bilan xaritada paydo boʻladi.
«Ishlayapti», «ishlamayapti» yoki «navbat» nimani bildiradi?
Oxirgi 2 soat ichida boshqa haydovchi shunday belgi qoʻygan. Qancha oldin qoʻyilgani koʻrinadi. Xaritada belgi 2 soat hisobga olinadi, keyin stansiya kartasida eng soʻnggi belgining turi va vaqti 30 kungacha koʻrinadi: belgi qancha yangi boʻlsa, shuncha ishonchli.
Stansiyaga qanday belgi qoʻyaman?
Android ilovasida stansiyani oching, «Belgi qoʻyish»ni bosing va koʻrganingizni tanlang: ishlayapti, ishlamayapti / tok yoʻq, navbat, zaryad joyida benzinli mashina, joyi notoʻgʻri, narx notoʻgʻri. Roʻyxatdan oʻtish shart emas.
Zaryadlash operatorimisiz?Stansiyalaringiz, narxlaringiz va chegirmalaringizni xaritada yangilash uchun yozing.
privacy@evxarita.uzKeyingi zaryadingizni oldindan biling
Xarita, narx va chegirmalar, haydovchilar belgisi va safar rejasi: bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan, Telegramda hoziroq.